Новости

С НОВЫМ ГОДОМ, ДРУЗЬЯ!
31.12.2016
С НОВЫМ ГОДОМ, ДРУЗЬЯ!

Новый год на пороге, самый волшебный и добрый праздник из когда-то придуманных. Для каждого из нас он складывается из тысячи мелочей — мерцания гирлянд, запаха мандаринов, веселой суеты, детских воспоминаний, семейных традиций, надежд и ожиданий. Но всех нас, собирающихся за праздничным столом в кругу родных и близких, объединяет одно – вера в лучшее, в себя, в свой народ и страну.
Дорогие друзья, команда семейного ТРК Next искренне поздравляет вас с наступающим Новым годом! Здоровья, благополучия и счастья вашим семьям, мира и процветания – нашей Родине. Пусть все желания, загаданные под бой курантов, обязательно исполнятся в 2017-м!
С праздником! С Новым годом!

***
Barcha bayramlar orasidagi eng mo‘jizaviy va ezgusi - Yangi yil eshik qoqib turibdi. Har birimiz uchun uning sehri minglab kichik-kichik bo‘laklarda — zar bezaklarining ko‘zni qamashtirar jilosi, mandarinlarning xushbo‘y ifori, quvnoq davralar, bolalik xotiralari, oilaviy an’analar, orzu va istaklarda namoyon bo‘ladi. Biroq hammamizni, oila a’zolari va yaqinlar, bayramona dasturxon atrofida jam bo‘lganlarni bir narsa birlashtirib turadi, u ham bo‘lsa, o‘zimizning, xalqimiz va yurtimizning porloq kelajagiga umid tuyg‘usidir.
Aziz do‘stlar, Next oilaviy ko‘ngilochar-savdo markazining jamoasi sizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etadi! Oilalaringizga sihat-salomatlik, fayz-baraka va baxt hamroh bo‘lishini, Vatanimiz esa doimo tinch va hotirjam gullab-yashnayverishini tilaymiz. Soat bonglari jarangi ostida qilingan barcha niyatlaringiz, albatta, 2017-yilda ro‘yobga chiqishiga tilakdoshmiz!
Bayram bilan! Yangi yil bilan!