Новости

NEXT ko'ngilochar-savdo majmuasi "Xarid uchun limon" aksiyasida 15 000 000 so'mlik yutuqni e'lon qildi
09.04.2019
NEXT ko'ngilochar-savdo majmuasi "Xarid uchun limon" aksiyasida 15 000 000 so'mlik yutuqni e'lon qildi

Bahor oyida siz NEXT ko'ngilochar-savdo majmuasida xaridni amalga oshirishingiz uchun 15 000 000 so'mga ega bo'lishingiz mumkin.

Bunaqasi hech qachon bo'lmagan - xaridni amalga oshirganingizdan so'ng siz "Xarid uchun limon" aksiyasi ishtirokchisiga aylanasiz.

Kamida 100 000 so'mlik xarid qilgan mehmonlarimiz 1 000 000 so‘mlik 15 ta sertifikatdan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu esa, qancha ko'p xarid qilsangiz, shuncha ko'p sertifikatni yutib olish imkoniyatiga ega bo'lasiz deganidir.

Aksiyada ishtirok etish uchun ko'rsatmalar:

-10 apreldan 20 aprelgacha NEXT ko'ngilochar-savdo majmuasiga kelib, aksiya belgisi qo'yilgan do'konlarda xaridni amalga oshirish.

-Xarid qilingan do'kondan olingan chekni saqlab qolish. Chek narxi kamida 100 000 so'm bo'lishi kerak.

-Do'kondan olingan chekni ro'yxatdan o'tkazish.

-Ro'yxatga olish rastasi 1-qavatda joylashgan va har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha ish faoliyatini davom ettiradi.

-Aksiya ishtirokchisi kuponini olib, uni 20-aprelgacha saqlab qoling. Har bir chek kamida 100 000 so'mdan bo'lishi kerak va u bitta kupon deb hisoblanadi.

-Kuponlar soni qanchalik ko'p bo'lsa, yutuqqa ega bo'lish imkoniyati ham shunchalik oshadi. Kuponlar soni cheklanmagan va turli xil do'konlardan olingan cheklar o'zaro qo'shilmaydi.

"Xarid uchun limon" aksiyasida quyidagi do'konlar ishtirok etmoqda:

LG, Respect, Miniso, Selfie, Terra Pro, Just, OTG, Basconi, AVVA, Аты-баты, Hotic, Mini Me, Vicco, Renzo Rinaldi, Love Story, CHERRY, Love Kids, Four seasons, Step, Bonita, ANAKI, Boulevard, Europa, Forever 21, Begim, SML, Open, Kabluchok, Climber, Bagozza, Korean fashion, G-Case, Magnolica, Rio, Lelas, Sollo, Krystall, Fashion Look, Bagstyle, L.Mirella, Incity, JADE, Luxury, 361, Lady art, Milavitsa, Babyshop, Grazia, Lillykay, For man, La Marmite, Malika, Budur, Wow store, Make up, Candy Lady.

G'oliblar 2019-yilning 20-aprelida soat 19:00 da NEXT ko'ngilochar-savdo majmuasida aniqlab olinadi.

G'oliblar aniqlanayotganda tadbirda bevosita ishtirok etish shart - yo'qsa mukofot qaytadan tanlangan boshqa g'olibga o'tadi.

"Xarid uchun limon" aksiyasida ishtirok etishning batafsil qoidalari bilan nextmall.uz saytida tanishishingiz mumkin.

 

1.AKSIYANING NOMLANISHI

 «Harid uchun limon»

 2.AKSIYANI O‘TKAZISH JOYI

2.1 Aksiya tashkilotchisi: OOO «Mega Trade Communication» nomidan NEXT oilaviy savdo-hordiq majmuasi. Yuridik manzil: 100100, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 6. INN 300983368 (keyingi o‘rinlarda – Tashkilotchi).

2.2 Mazkur Qoidalar aksiyani o‘tkazish tartibi, shartlari, joyi va muddatlarini belgilaydi. Aksiyaning o‘tkazilishi to‘xtatib turilsa yoki muddatdan avval bekor qilinsa, Tashkilotchi mazkur o‘zgarishlar haqida oshkora ma’lum qiladi.

3. AKSIYADA ISHTIROK ETAYOTGAN DO‘KONLAR/ISHTIROKCHILARNI RO‘YXATGA OLISH MANZILLARI

3.1 Aksiya «NEXT» majmuasida joylashgan quyidagi do‘konlarda o‘tkaziladi:

20 апреля 2019 года  OTG, Love Story, Terra Pro, CHERRY, Love Kids , Just , Four seasons, Step, Bonita, ANAKI, Boulevard, Europa , Forever 21, Begim , SML, Open, Kabluchok, AVVA, Climber , Respect, Bagozza, Аты-Баты, Korean fashion, G-Case, Magnolica, Rio, Basconi, Lelas, Sollo, Hotic, Krystall, LG, Mini Me, Vicco, Fashion Look, Renzo Rinaldi, Bagstyle , L.Мirella , Incity, Miniso, Selfie, JADE, Luxury, 361, Lady Аrt, Milavitsa, Babyshop, Grazia, LillyKay, For Man, La Marmite, Malika Budur , WOW STORE , MAKE UP,Candy Lady.

Aksiya ishtirokchilarini ro‘yxatga olish har kuni (aksiyani o‘tkazish  davrida) 10:00 dan 22:00 gacha «NEXT» majmuasi 1-qavatidagi maxsus bo‘linmada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

4. AKSIYANI O‘TKAZISH MUDDATLARI

4.1 Aksiya 2019 yil 10 apreldan 20 aprelgacha o‘tkaziladi. Sovrindorlarni aniqlash bo‘yicha yutuqli o‘yin 2019 yilning 20 aprel kuni soat 19:00 da o‘tkaziladi.

 5.AKSIYADA ISHTIROK ETUVCHI MAHSULOTLAR

 5.1 Aksiyada yuqorida ko‘rsatilgan do‘konlarda taklif qilinayotgan barcha mahsulot va tovarlar qatnashtiriladi (3.1-bandga qarang).

 6.AKSIYA ISHTIROKCHILARI

6.1 Aksiyada 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Aksiya  tashkilotchilari, shuningdek, «Next» savdo-hordiq majmuasidagi barcha savdo shahobchalari xodimlari bundan mustasnodir. 18-yoshga to‘lmagan shaxslarga yutuqlar topshirilmaydi. 

6.2 Aksiyada qatnashish ishtirokchilarning mazkur qoidalarga to‘liq roziligini anglatadi.

6.3 Aksiyada qatnashish va yutuqni qo‘lga kiritish istagida bo‘lgan shaxslar, unda ishtirok etish uchun talab qilinadigan barcha harakatlarni mazkur Qoidalar bilan belgilangan tartibda, joy va vaqtda amalga oshirishga majbur.

6.4 Ishtirokchilar tomonidan mazkur Qoidalarga rioya etilmagan taqdirda yutuq berilmaydi. Tashkilotchi yoki uning vakillari tomonidan yutuqning o‘rniga teng qiymatdagi pul mukofoti to‘lanmaydi, mukofot qaytarib olinmaydi va almashtirib berilmaydi.

6.5 Yutuqni qo‘lga kiritish uchun aksiya davomida ishtirokchi mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga mos harakatlarni amalga oshirishi kerak. Aksiyani o‘tkazish shartlariga rioya etmaslik unda ishtirok etishdan va yutuqdan voz kechishni anglatadi.

6.6 Aksiyani o‘tkazish to‘xtatib turilishi yoki uning avvaldan tugatilishi Tashkilotchini yoki uning vakillarini muddatlarga qadar yutib olingan sovrinni taqdim etish majburiyatidan ozod etmaydi.

6.7 Tashkilotchi mazkur Qoidalarda belgilangan joy, tartib va muddatlarda shartnoma tuzgan Ishtirokchilar uchun aksiyani o‘tkazishga, shu jumladan, ularga yutuqni taqdim etish yoki topshirish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish majburiyati oladi.

 7.AKSIYA ISHTIROKCHISI BO‘LISH UCHUN QUYIDAGILARNI AMALGA OSHIRISH ZARUR:

7.1 Aksiya ishtirokchisi bo‘lgan do‘konlar (3.1-bandga qarang) da kamida 100 000 ga teng qiymatdagi haridni amalga oshirish.

7.2 Aksiyani o‘tkazish muddatida (10 apreldan 20 aprel soat 18:30 gacha) o‘zining haridini Next majmuasi 1-qavatidagi maxsus bo‘linmada faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlarda ro‘yxatga oldirish (do‘konda berilgan harid chekini taqdim etish, o‘zi haqidagi tegishli ma’lumotlar – F.I.SH., telefon raqamini yozib qoldirish).

7.3 Ro‘yxatga oluvchi xodimlardan kuponni qabul qilib, uni ro’yxatdan o’tkazib, 20 aprel yutuq o’tkazilayotgan kuni shaxsan ishtirok etish.

7.4 Har bir 100 000 so‘mlik harid cheki uchun ishtirokchiga bittadan kupon beriladi. Masalan, haridor yuqorida kо‘rsatilgan dо‘konlardan birida 650 000 (olti yuz ellik ming) sо‘mlik haridni amalga oshirsa, unga 6 ta aksiya kuponi beriladi. Bir ishtirokchi cheklanmagan miqdordagi kuponlarni ro‘yxatga oldirishi mumkin. Turli do‘konlarda amalga oshirilgan haridlar cheklarining qiymatlari o‘zaro qo‘shilmaydi.

7.5 Ishtirokchi o‘z chek va kuponini Next majmuasi xodimlari ro‘yxatga olishi uchun taqdim etadi, so‘ngra o‘zi bilan olib ketib, yutuqli o‘yin kuni – 2019 yil 20 aprelgacha o‘zida saqlash majburiyatini oladi.

7.6 Yutuqli o‘yin kuni «NEXT» majmuasiga tashrif buyurish talab qilinadi. Bunda ishtirokchi o’zida kupon bilan chek va shaxsini tasdiqlovchi hujjatini olib kelishi zarur.

8. AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI

8.1 Aksiyaning sovrin jamg‘armasi aksiya Tashkilotchisi va uning sheriklari tomonidan shakllantiriladi. Aksiyada ishtirok etish uchun badal puli undirilmaydi.

8.2 Aksiyaning sovrin jamg‘armasi – har birining qiymati 1 000 000 so‘m bo‘lgan 15 dona sertifikat. Mazkur sertifikatlar 1 oy muddat ichida (2018 yilning 20 apreldan 20 maygacha) 3.1-bandda ko‘rsatilgan «Next» majmuasidagi do‘konlarda yutuq miqdori (1 000 000 so‘m) ga teng hajmdagi haridlarga sarflanishi mumkin.

9. YUTUQLARNI OLISH TARTIBI VA MUDDATLARI

9.1 Yutuq egalarini aniqlash marosimi 2019 yil 20 aprel kuni soat 19:00 da «Next» majmuasi 1-qavatida o‘tkaziladi.

9.2 Sovrin g’oliblari random.org saytidan foydalanib, internet orqali tasodifan aniqlab olinadi. Aksiyaning har bir ishtirokchisi o'zida bitta yirtib olinadigan raqamli kuponni o’zida ushlab turadi. Barcha ishtirokchilar guvohligida tasodifiy tanlagich ya’ni randomayzer yordamida 15 ta g'olib aniqlab olinadi va ularning har biri 1 000 000 so'mlik sertifikatga ega bo'lishadi. Raqamlar tanlanganidan so’ng ishtirokchilarning familiyasi boshlovchi tomonidan 3 marta o’qib, takroriy e'lon qilinadi. G'olib aniqlanib, uning ismi e’lon qilinganidan so'ng u marosimda shaxsan o’zi bo’lmasa yoki tasodifiy tanlagich qayta ishga tushirilganidan so’ng kelgan taqdirda, mukofot boshqa ishtirokchiga beriladi.

9.3 Sovrinni qo‘lga kiritishning bosh sharti – yutuqli o‘yin jarayonida Ishtirokchining bevosita shaxsan qatnashishidir. Yutuqli o‘yin marosimida qatnashmaslik oqibatida aksiyadagi ishtirok bekor qilinadi.

 10. UMUMIY HOLATLAR

10.1 Aksiyada ishtirok etish uning barcha shartlari va o‘tkazilish tartibi bilan tanishganlik hamda ularga mutlaq rozilikni anglatadi.

10.2 Aksiya ishtirokchisi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yutuqni qo‘lga kiritgan paytdan boshlab, unga solinadigan barcha soliqlarni to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

10.3 Aksiya ishtirokchilari sertifikat qiymatiga ekvivalent pul to‘lovini talab qilishga haqli emasdir.

10.4 Ishtirokchi aksiyada qatnashishi bilan ism-sharifi, suratlari va boshqa materiallari Tashkilotchi tomonidan uning roziligi olinmay va unga hech qanday rag‘batlantirish taqdim etilmay turib reklama maqsadida qo‘llanishiga e’tirozi yo‘qligini anglatadi.

10.5 Tashkilotchi o‘z ixtiyori bilan mazkur Qoidalarga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish huquqiga egadir. Bunda Qoidalarga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida Tashkilotchi avvaldan xabar berib, tegishli o‘zgartirishlar kuchga kirishidan 2 ish kuni avval o‘z sayti www.nextmall.uz da ma’lumot beradi. Tashkilotchi sovrinlar ro‘yxatini o‘zgartirish yoki kengaytirish huquqiga egadir..

11. AKSIYA ISHTIROKCHILARINI UNING O‘TKAZILISH TARTIBI, TO‘XTATIB TURILISHI YOKI MUDDATDAN AVVAL BEKOR QILINISHIDAN XABARDOR ETSHI SHARTLARI

11.1 Ishtirokchilarni aksiya haqida xabardor qilish «Next» majmuasi hududida reklama vositalarini joylashtirish orqali amalga oshiriladi.

11.2 Aksiya haqidagi batafsil ma’lumot, shuningdek, unda ishtirok etish tafsilotlari Tashkilotchining internet manzili – www.nextmall.uz saytida berib boriladi.  Shuningdek, aksiya haqidagi to‘liq ma’lumotni (+99871) 230-75-61 telefon raqami orqali ham bilib olish mumkin.

11.3 Agar aksiya muddatdan avval to‘xtatilsa yoki uni o‘tkazish muddatlari uzaytirilsa, tegishli ma’lumot www.nextmall.uz saytida joylashtiriladi.