Новости

NEXT xaridlar uchun 20 000 000 so'm sovg'a qiladi!
14.11.2019
NEXT xaridlar uchun 20 000 000 so'm sovg'a qiladi!

Xaridlarni amalga oshirish doim yaxshi, foydali xaridlar esa, undanda yaxshiroq! Faqat 18 dan 23 noyabrgacha NEXT savdo-hordiq majmuasida xaridlarni amalga oshiring va 1 000 000 so'mdan 20 000 000 so'mgacha bo'lgan mukofot egasiga aylanish imkoniyatiga ega bo'ling!

Ushbu aksiya ishtirokchisiga aylanishingiz uchun majmuamizning quyidagi keltirib o'tilgan do'konlarida 100 000 so'mlik xaridni amalga oshirishingiz kerak:

Aksiyada ishtirok etuvchi do'konlar:

REDTAG, LG, RESPECT, MINISO, SELFIE, TERRA PRO, DOS HERMANAS, PARFUM GALLERY, PANDORA, THE FACE SHOP, JUST, OTG, BASCONI, AVVA, АТЫ-БАТЫ, HOTIC, MINI ME, JOY, PERSEY, TI AMO, VICCO, RENZO RINALDI, LOVE STORY, CHERRY, LOVE KIDS, FOUR SEASONS, STEP, BONITA, ANAKI, CREATE, BOULEVARD, BEGIM, SML, OPEN, KABLUCHOK, CLIMBER, BAGOZZA, KOREAN FASHION, G-CASE, MAGNOLICA, RIO, SOLLO, KRYSTALL, FASHION LOOK, BAGSTYLE, LUCIANO MIRELLA, INCITY, LUXURY, 361 DEGREE, LADY ART, MILAVITSA, BABYSHOP, GRAZIA, KORALL, WOW STORE, MAKE UP, CANDY LADY.

Eng qizig'i shundaki, asosiy sovrinlar 1 emas, 2 emas, 20 dona! 20 000 000 so'm Birinchi Oilaviyda o'z egalarini albatta topadi!

Foydali maslahat: xaridlar soni qanchalik ko'p bo'lsa, bir nechta millionni yutib olish imkoniyati ham ko'payadi!

Aksiyada ishtirok etish uchun ko'rsatmalar:

- 18 noyabrdan 23 noyabrgacha NEXT savdo-hordiq majmuasida aksiyada ishtirok etayotgan do'konlardan xaridlarni amalga oshirish.

- Xarid qilingan do'kondan olingan chekni saqlab qolish. Chek narxi kamida 100 000 so'm bo'lishi kerak.

- Aksiya ishtirokchisi kuponini raqami bilan olish (kuponni birinchi qavatdagi ro'yxatdan o'tkazish burchagidan olasiz).

- Ro'yxatdan o'tkazish burchagi 1 qavatda joylashgan bo'lib, har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha ishlaydi.

- Aksiya ishtirokchisi kuponini olib, uni 23-noyabrgacha saqlab qoling. Har bir chek kamida 100 000 so'mdan bo'lishi kerak va u bitta kupon deb hisoblanadi.

- Kuponlar soni qanchalik ko'p bo'lsa, yutuqqa ega bo'lish imkoniyati ham shunchalik oshadi. Kuponlar soni cheklanmagan va turli xil do'konlardan olingan cheklar o'zaro qo'shilmaydi.

G'oliblarni taqdirlash marosimi 2019-yilning 23-noyabrida soat 19:00 da NEXT savdo-hordiq majmuasida bo'lib o'tadi. Taqdirlash marosimiga ishtirokchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan shaxsan tashrif buyurishi kerakligi — tanlovning shartlaridan biridir.

 

Barchangizga omad tilaymiz!

 

 

AKSIYA QOIDALARI

1.AKSIYANING NOMLANISHI

 «Xarid uchun limon»

 2.AKSIYANI O‘TKAZISH JOYI

2.1 Aksiya tashkilotchisi: OOO «Mega Trade Communication» nomidan NEXT oilaviy savdo-hordiq majmuasi. Yuridik manzil: 100100, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 6. INN 300983368 (keyingi o‘rinlarda – Tashkilotchi).

2.2 Mazkur Qoidalar aksiyani o‘tkazish tartibi, shartlari, joyi va muddatlarini belgilaydi. Aksiyaning o‘tkazilishi to‘xtatib turilsa yoki muddatdan avval bekor qilinsa, Tashkilotchi mazkur o‘zgarishlar haqida oshkora ma’lum qiladi.

3. AKSIYADA ISHTIROK ETAYOTGAN DO‘KONLAR/ISHTIROKCHILARNI RO‘YXATGA OLISH MANZILLARI

3.1 Aksiya «NEXT» majmuasida joylashgan quyidagi do‘konlarda o‘tkaziladi:

REDTAG, LG, RESPECT, MINISO, SELFIE, TERRA PRO, DOS HERMANAS, PARFUM GALLERY, PANDORA, THE FACE SHOP, JUST, OTG, BASCONI, AVVA, АТЫ-БАТЫ, HOTIC, MINI ME, JOY, PERSEY, TI AMO, VICCO, RENZO RINALDI, LOVE STORY, CHERRY, LOVE KIDS, FOUR SEASONS, STEP, BONITA, ANAKI, CREATE, BOULEVARD, BEGIM, SML, OPEN, KABLUCHOK, CLIMBER, BAGOZZA, KOREAN FASHION, G-CASE, MAGNOLICA, RIO, SOLLO, KRYSTALL, FASHION LOOK, BAGSTYLE, LUCIANO MIRELLA, INCITY, LUXURY, 361 DEGREE, LADY ART, MILAVITSA, BABYSHOP, GRAZIA, KORALL, WOW STORE, MAKE UP, CANDY LADY.

Aksiya ishtirokchilarini ro‘yxatga olish har kuni (aksiyani o‘tkazish  davrida) 10:00 dan 22:00 gacha «NEXT» majmuasi 1-qavatidagi maxsus bo‘linmada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

4. AKSIYANI O‘TKAZISH MUDDATLARI

4.1 Aksiya 2019 yil 18 noyabrdan 23 noyabrgacha o‘tkaziladi. Sovrindorlarni aniqlash bo‘yicha yutuqli o‘yin 2019 yilning 23 noyabr kuni soat 19:00 da o‘tkaziladi.

 5.AKSIYADA ISHTIROK ETUVCHI MAHSULOTLAR

 5.1 Aksiyada yuqorida ko‘rsatilgan do‘konlarda taklif qilinayotgan barcha mahsulot va tovarlar qatnashtiriladi (3.1-bandga qarang).

 6.AKSIYA ISHTIROKCHILARI

6.1 Aksiyada 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy mehmonlar ishtirok etishi mumkin. Aksiya  tashkilotchilari, shuningdek, «Next» savdo-hordiq majmuasidagi barcha savdo shahobchalari xodimlari bundan mustasnodir. 18-yoshga to‘lmagan shaxslarga yutuqlar topshirilmaydi. 

6.2 Aksiyada qatnashish ishtirokchilarning mazkur qoidalarga to‘liq roziligini anglatadi.

6.3 Aksiyada qatnashish va yutuqni qo‘lga kiritish istagida bo‘lgan shaxslar, unda ishtirok etish uchun talab qilinadigan barcha harakatlarni mazkur Qoidalar bilan belgilangan tartibda, joy va vaqtda amalga oshirishga majbur.

6.4 Ishtirokchilar tomonidan mazkur Qoidalarga rioya etilmagan taqdirda yutuq berilmaydi. Tashkilotchi yoki uning vakillari tomonidan yutuqning o‘rniga teng qiymatdagi pul mukofoti to‘lanmaydi, mukofot qaytarib olinmaydi va almashtirib berilmaydi.

6.5 Yutuqni qo‘lga kiritish uchun aksiya davomida ishtirokchi mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga mos harakatlarni amalga oshirishi kerak. Aksiyani o‘tkazish shartlariga rioya etmaslik unda ishtirok etishdan va yutuqdan voz kechishni anglatadi.

6.6 Aksiyani o‘tkazish to‘xtatib turilishi yoki uning avvaldan tugatilishi Tashkilotchini yoki uning vakillarini muddatlarga qadar yutib olingan sovrinni taqdim etish majburiyatidan ozod etmaydi.

6.7 Tashkilotchi mazkur Qoidalarda belgilangan joy, tartib va muddatlarda shartnoma tuzgan Ishtirokchilar uchun aksiyani o‘tkazishga, shu jumladan, ularga yutuqni taqdim etish yoki topshirish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish majburiyati oladi.

 7.AKSIYA ISHTIROKCHISI BO‘LISH UCHUN QUYIDAGILARNI AMALGA OSHIRISH ZARUR:

7.1 Aksiya ishtirokchisi bo‘lgan do‘konlar (3.1-bandga qarang) da kamida 100 000 ga teng qiymatdagi xaridni amalga oshirish.

7.2 Aksiyani o‘tkazish muddatida (18 noyabrdan 23 noyabrgacha soat 18:30 gacha) o‘zining xaridini Next majmuasi 1-qavatidagi maxsus bo‘linmada faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlarda ro‘yxatga oldirish (do‘konda berilgan harid chekini taqdim etish, o‘zi haqidagi tegishli ma’lumotlar – F.I.SH., telefon raqamini yozib qoldirish).

7.3 Ro‘yxatga oluvchi xodimlardan kuponni qabul qilib, uni ro’yxatdan o’tkazib, 23 noyabr yutuq o’tkazilayotgan kuni shaxsan ishtirok etish.

7.4 Har bir 100 000 so‘mlik harid cheki uchun ishtirokchiga bittadan kupon beriladi. Masalan, haridor yuqorida kо‘rsatilgan dо‘konlardan birida 650 000 (olti yuz ellik ming) sо‘mlik haridni amalga oshirsa, unga 6 ta aksiya kuponi beriladi. Bir ishtirokchi cheklanmagan miqdordagi kuponlarni ro‘yxatga oldirishi mumkin. Turli do‘konlarda amalga oshirilgan haridlar cheklarining qiymatlari o‘zaro qo‘shilmaydi.

7.5 Ishtirokchi o‘z chek va kuponini Next majmuasi xodimlari ro‘yxatga olishi uchun taqdim etadi, so‘ngra o‘zi bilan olib ketib, yutuqli o‘yin kuni – 2019 yil 23 noyabrgacha o‘zida saqlash majburiyatini oladi.

7.6 Yutuqli o‘yin kuni «NEXT» majmuasiga tashrif buyurish talab qilinadi. Bunda ishtirokchi o’zida kupon bilan chek va shaxsini tasdiqlovchi hujjatini olib kelishi zarur.

8. AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI

8.1 Aksiyaning sovrin jamg‘armasi aksiya Tashkilotchisi va uning sheriklari tomonidan shakllantiriladi. Aksiyada ishtirok etish uchun badal puli undirilmaydi.

8.2 Aksiyaning sovrin jamg‘armasi – har birining qiymati 1 000 000 so‘m bo‘lgan 20 dona sertifikat. Mazkur sertifikatlar 1 oy muddat ichida (2019 yilning 23 noyabrdan 23 dekabrgacha) 3.1-bandda ko‘rsatilgan «Next» majmuasidagi do‘konlarda yutuq miqdori (1 000 000 so‘m) ga teng hajmdagi haridlarga sarflanishi mumkin.

9. YUTUQLARNI OLISH TARTIBI VA MUDDATLARI

9.1 Yutuq egalarini aniqlash marosimi 2019 yil 23 noyabr kuni soat 19:00 da «Next» majmuasi 1-qavatida o‘tkaziladi.

9.2 Sovrin g’oliblari random.org saytidan foydalanib, internet orqali tasodifan aniqlab olinadi. Aksiyaning har bir ishtirokchisi o'zida bitta yirtib olinadigan raqamli kuponni o’zida ushlab turadi. Barcha ishtirokchilar guvohligida tasodifiy tanlagich ya’ni randomayzer yordamida 20 ta g'olib aniqlab olinadi va ularning har biri 1 000 000 so'mlik sertifikatga ega bo'lishadi. Raqamlar tanlanganidan so’ng ishtirokchilarning familiyasi boshlovchi tomonidan 3 marta o’qib, takroriy e'lon qilinadi. G'olib aniqlanib, uning ismi e’lon qilinganidan so'ng u marosimda shaxsan o’zi bo’lmasa yoki tasodifiy tanlagich qayta ishga tushirilganidan so’ng kelgan taqdirda, mukofot boshqa ishtirokchiga beriladi.

9.3 Sovrinni qo‘lga kiritishning bosh sharti – yutuqli o‘yin jarayonida Ishtirokchining bevosita shaxsan qatnashishidir. Yutuqli o‘yin marosimida qatnashmaslik oqibatida aksiyadagi ishtirok bekor qilinadi.

 10. UMUMIY HOLATLAR

10.1 Aksiyada ishtirok etish uning barcha shartlari va o‘tkazilish tartibi bilan tanishganlik hamda ularga mutlaq rozilikni anglatadi.

10.2 Aksiya ishtirokchisi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yutuqni qo‘lga kiritgan paytdan boshlab, unga solinadigan barcha soliqlarni to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

10.3 Aksiya ishtirokchilari sertifikat qiymatiga ekvivalent pul to‘lovini talab qilishga haqli emasdir.

10.4 Ishtirokchi aksiyada qatnashishi bilan ism-sharifi, suratlari va boshqa materiallari Tashkilotchi tomonidan uning roziligi olinmay va unga hech qanday rag‘batlantirish taqdim etilmay turib reklama maqsadida qo‘llanishiga e’tirozi yo‘qligini anglatadi.

10.5 Tashkilotchi o‘z ixtiyori bilan mazkur Qoidalarga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish huquqiga egadir. Bunda Qoidalarga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida Tashkilotchi avvaldan xabar berib, tegishli o‘zgartirishlar kuchga kirishidan 2 ish kuni avval o‘z sayti www.nextmall.uz da ma’lumot beradi. Tashkilotchi sovrinlar ro‘yxatini o‘zgartirish yoki kengaytirish huquqiga egadir..

11. AKSIYA ISHTIROKCHILARINI UNING O‘TKAZILISH TARTIBI, TO‘XTATIB TURILISHI YOKI MUDDATDAN AVVAL BEKOR QILINISHIDAN XABARDOR ETSHI SHARTLARI

11.1 Ishtirokchilarni aksiya haqida xabardor qilish «Next» majmuasi hududida reklama vositalarini joylashtirish orqali amalga oshiriladi.

11.2 Aksiya haqidagi batafsil ma’lumot, shuningdek, unda ishtirok etish tafsilotlari Tashkilotchining internet manzili – www.nextmall.uz saytida berib boriladi.  Shuningdek, aksiya haqidagi to‘liq ma’lumotni (+99871) 230-75-61 telefon raqami orqali ham bilib olish mumkin.

11.3 Agar aksiya muddatdan avval to‘xtatilsa yoki uni o‘tkazish muddatlari uzaytirilsa, tegishli ma’lumot www.nextmall.uz saytida joylashtiriladi.