Новости

NEXT savdo-hordiq majmuasida «Xarid uchun limon» aksiyasi
08.06.2018
NEXT savdo-hordiq majmuasida «Xarid uchun limon» aksiyasi

Yozni yorqin va kо‘tarinki kayfiyat bilan о‘tkazishga taklif etamiz! О‘zingiz va yaqinlaringizni yangi mavsumbop haridlar bilan xushnud eting va haridlarga qо‘shib, kattagina yutuq sohibi bо‘lish imkonini qо‘lga kiriting! Harid qanchalik kо‘p bо‘lsa, sovrinni yutib olish ehtimoli ham shunchalik baland bо‘ladi! Omad kelib qolsa, о‘yindagi bir millionni emas, besh millionning hammasini g‘am olib ketaverasiz!

 « Xarid uchun limon uchun limon» aksiyasida quyidagi dо‘konlar ishtirok etadi:

Respect, JUST, Terra Pro, Selfie, LG, Li Ning, Hotiç, Erkatoy, ANAKI, Bagozza, Europa, Forever21, Lady Art, Luxury, Milavitsa, Mini Me, Open, Persey, O. T. G., Rio, SML, Step, Ati-Bati, WOW Store, Love Kids, Bag Style, L. Mirella, Magnolisa, D.P. Parfum, Love Pink, Losscidi, Love Story, Man World, For Man, Four Seasons, Renzo Rinaldi, Bonita, Joy, Fratelli Casa, Fashion Look, Climber.

Aksiyada ishtirok etish qoidalari bо‘yicha qisqacha kо‘rsatma:

1. 5 iyundan 15 iyungacha NEXT majmuasiga tashrif buyurish va aksiya timsoli bilan belgilangan dо‘konlardan haridlarni amalga oshirish.

2. Maxsus belgilangan joyda majmuaning mas’ul xodimlariga harid cheklarini taqdim etib, aksiya ishtirokchisi sifatida rо‘yxatdan о‘tish. Bunda qayd varaqasida shaxsiy telefon raqamlarini yozib qoldirish. Ishtirokchilarni qayd etish maskani majmuaning 1-qavatida aksiya kunlari 10:00 dan 22:00 gacha faoliyat kо‘rsatadi.

 

3. Rо‘yxatdan о‘tganlikni tasdiqlovchi ishtirokchi kuponini olib, uni 15 iyunga qadar saqlab qо‘yish. Har bir 100.000 sо‘mlik harid uchun 1 tadan kupon beriladi. Tabiiyki, kuponlar qanchalik kо‘p bо‘lsa, yutuqli millionga ega chiqish imkoniyati shunchalik ortib boraveradi. О‘yinda ishtirok etishi mumkin bо‘lgan kо‘ponlar soni chegaralanmagan, ammo turli dо‘konlarda amalga oshirilgan haridlarning har xil qiymatdagi cheklari о‘zaro qо‘shib hisoblanmaydi.

2018 yil 15 iyun kuni 20:00 da NEXT atriumida yutuqli о‘yin g‘oliblari aniqlanadi. Ishtirokchilar о‘zi bilan olib kelgan kuponni shu kuni 10:00 dan 19:30 gacha lototron uskunasiga tashlashi kerak.

 

Yutuqli о‘yinda qatnashish va sovrinni qо‘lga kiritishning bosh sharti — yutuqni о‘ynash jarayonida bevosita shaxsan ishtirok etishdir!

 « Xarid uchun limon » aksiyasida ishtirok etish shartlari bilan batafsil majmua sayti www.nextmall.uz da tanishish mumkin.

Xarid uchun limon” akssiyasining kuzgi о‘yinida g‘olib bо‘lgan ishtirokchilar

 

О‘yinda ishtirok eting, bu safa aynan Siz g‘olib bо‘lsangiz ajab emas!

 

1.AKSIYANING NOMLANISHI

 «Xarid uchun limon»

 2.AKSIYANI O‘TKAZISH JOYI

2.1 Aksiya tashkilotchisi: OOO «Mega Trade Communication» nomidan NEXT oilaviy savdo-hordiq majmuasi. Yuridik manzil: 100100, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 6. INN 300983368 (keyingi o‘rinlarda – Tashkilotchi).

2.2 Mazkur Qoidalar aksiyani o‘tkazish tartibi, shartlari, joyi va muddatlarini belgilaydi. Aksiyaning o‘tkazilishi to‘xtatib turilsa yoki muddatdan avval bekor qilinsa, Tashkilotchi mazkur o‘zgarishlar haqida oshkora ma’lum qiladi.

3. AKSIYADA ISHTIROK ETAYOTGAN DO‘KONLAR/ISHTIROKCHILARNI RO‘YXATGA OLISH MANZILLARI

3.1 Aksiya «NEXT» majmuasida joylashgan quyidagi do‘konlarda o‘tkaziladi: Respect,  JUST, Terra Pro, Selfie, LG, Li Ning, Hotiç, Erkatoy, ANAKI, Bagozza, Europa, Forever21, Lady Art, Luxury, Milavitsa, Mini Me, Open, Persey, O. T. G., Rio, SML, Step, Ati-Bati, WOW Store, Love Kids, Bag Style, L. Mirella, Magnolisa, D.P. Parfum, Love Pink, Losscidi, Love Story, Man World, For Man, Four Seasons, Renzo Rinaldi, Bonita, Joy, Fratelli Casa, Fashion Look, Climber.

Aksiya ishtirokchilarini ro‘yxatga olish har kuni (aksiyani o‘tkazish  davrida) 10:00 dan 22:00 gacha «NEXT» majmuasi 1-qavatidagi maxsus bo‘linmada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

4. AKSIYANI O‘TKAZISH MUDDATLARI

4.1 Aksiya 2018 yil 5 iyundan 15 iyungacha o‘tkaziladi. Sovrindorlarni aniqlash bo‘yicha yutuqli o‘yin 2018 yil 15 iyun kuni 20:00 da o‘tkaziladi.

 5.AKSIYADA ISHTIROK ETUVCHI MAHSULOT

 5.1 Aksiyada yuqorida ko‘rsatilgan do‘konlarda taklif qilinayotgan barcha mahsulot va tovarlar qatnashtiriladi (3.1-bandga qarang).

 6.AKSIYA ISHTIROKCHILARI

6.1 Aksiyada 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Aksiya  tashkilotchilari, shuningdek, «Next» savdo-hordiq majmuasidagi barcha savdo shahobchalari xodimlari bundan mustasnodir. 18-yoshga to‘lmagan shaxslarga yutuqlar topshirilmaydi. 

6.2 Aksiyada qatnashish ishtirokchilarning mazkur qoidalarga to‘liq roziligini anglatadi.

6.3 Aksiyada qatnashish va yutuqni qo‘lga kiritish istagida bo‘lgan shaxslar, unda ishtirok etish uchun talab qilinadigan barcha harakatlarni mazkur Qoidalar bilan belgilangan tartibda, joy va vaqtda amalga oshirishga majbur.

6.4 Ishtirokchilar tomonidan mazkur Qoidalarga rioya etilmagan taqdirda yutuq berilmaydi. Tashkilotchi yoki uning vakillari tomonidan yutuqning o‘rniga teng qiymatdagi pul mukofoti to‘lanmaydi, mukofot qaytarib olinmaydi va almashtirib berilmaydi.

6.5 Yutuqni qo‘lga kiritish uchun aksiya davomida ishtirokchi mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga mos harakatlarni amalga oshirishi kerak. Aksiyani o‘tkazish shartlariga rioya etmaslik unda ishtirok etishdan va yutuqdan voz kechishni anglatadi.

6.6 Aksiyani o‘tkazish to‘xtatib turilishi yoki uning avvaldan tugatilishi Tashkilotchini yoki uning vakillarini muddatlarga qadar yutib olingan sovrinni taqdim etish majburiyatidan ozod etmaydi.

6.7 Tashkilotchi mazkur Qoidalarda belgilangan joy, tartib va muddatlarda shartnoma tuzgan Ishtirokchilar uchun aksiyani o‘tkazishga, shu jumladan, ularga yutuqni taqdim etish yoki topshirish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish majburiyati oladi.

 7.AKSIYA ISHTIROKCHISI BO‘LISH UCHUN QUYIDAGILARNI AMALGA OSHIRISH ZARUR:

7.1 Aksiya ishtirokchisi bo‘lgan do‘konlar (3.1-bandga qarang) da kamida 100 000 ga teng qiymatdagi haridni amalga oshirish.

7.2 Aksiyani o‘tkazish muddatida (5 iyundan 15 iyun 19:30 gacha) o‘zining haridini Next majmuasi 1-qavatidagi maxsus bo‘linmada faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlarda ro‘yxatga oldirish (do‘konda berilgan harid chekini taqdim etish, o‘zi haqidagi tegishli ma’lumotlar – F.I.SH., telefon raqamini yozib qoldirish).

7.3 Ro‘yxatga oluvchi xodimlardan kupon qabul qilib, uni 14 oktabr 20:00 gacha to‘ldirish va maxsus bo‘linmada o‘rnatilgan lototronga tashlash.

7.4 Har bir 100 000 so‘mlik harid cheki uchun ishtirokchiga bittadan kupon beriladi. Masalan, haridor yuqorida kо‘rsatilgan dо‘konlardan birida 650 000 (olti yuz ellik ming) sо‘mlik haridni amalga oshirsa, unga 6 ta aksiya kuponi beriladi. Bir ishtirokchi cheklanmagan miqdordagi kuponlarni ro‘yxatga oldirishi mumkin. Turli do‘konlarda amalga oshirilgan haridlar cheklarining qiymatlari o‘zaro qo‘shilmaydi.

7.5 Ishtirokchi o‘z chek va kuponini Next majmuasi xodimlari ro‘yxatga olishi uchun taqdim etadi, so‘ngra o‘zi bilan olib ketib, yutuqli o‘yin kuni – 2018 yil 15 iyungacha o‘zida saqlash majburiyatin oladi.

7.6 Yutuqli o‘yin kuni «NEXT» majmuasiga tashrif buyurish talab qilinadi. Bunda ishtirokchi kuponning ikki qismi va chekni o‘zi bilan olib kelishi zarur. Kuponning yirtib olingan bir qismini 2018 yil 15 iyun 10:00 dan 20:00 ga qadar lototronga tashlashi kerak bo‘ladi.

8. AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI

8.1 Aksiyaning sovrin jamg‘armasi aksiya Tashkilotchisi va uning sheriklari tomonidan shakllantiriladi. Aksiyada ishtirok etish uchun badal puli undirilmaydi.

8.2 Aksiyaning sovrin jamg‘armasi – har birining qiymati 1 000 000 so‘m bo‘lgan 5 dona sertifikat. Mazkur sertifikatlar 1 oy muddat ichida (2018 yilning 15 iyunidan 15 iyuligacha) 3.1-bandda ko‘rsatilgan «Next» majmuasidagi do‘konlarda yutuq miqdori (1 000 000 so‘m) ga teng hajmdagi haridlarga sarflanishi mumkin.

9. YUTUQLARNI OLISH TARTIBI VA MUDDATLARI

9.1 Yutuq egalarini aniqlash marosimi 2017 yil 15 iyun kuni 20:00 da «Next» majmuasi 1-qavatida o‘tkaziladi.

9.2 Yutuq lotoreya shaklida o‘ynaladi. Har bir Ishtirokchi yirtma kuponning bir qismini lotoronga tashlaydi. Xolis odam tomonidan tasoddifiy tanlov orqali 5 nafar  ishtirokchining familiya hamda ismi yozilgan kuponlar tanlanadi va aynan shu 5 kishining har biri 1 000 000 so‘mlik sertifikatlar sovrindori sifatida qayd etiladi. Kupon xolis odam tomonidan lototrondan tanlangach, boshlovchi 3 marta g‘olib ism-familiyasini e’lon qiladi. Boshlovchi e’lon qilgan paytda g‘olib Ishtirokchi o‘zini bildirmagan taqdirda lototron navbatdagi marta aylantiriladi va boshqa sovrindor aniqlanadi.

9.3 Sovrinni qo‘lga kiritishning bosh sharti – yutuqli o‘yin jarayonida Ishtirokchining bevosita shaxsan qatnashishidir. Yutuqli o‘yin marosimida qatnashmaslik oqibatida aksiyadagi ishtirok bekor qilinadi.

 10. UMUMIY HOLATLAR

10.1 Aksiyada ishtirok etish uning barcha shartlari va o‘tkazilish tartibi bilan tanishganlik hamda ularga mutlaq rozilikni anglatadi.

10.2 Aksiya ishtirokchisi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yutuqni qo‘lga kiritgan paytdan boshlab, unga solinadigan barcha soliqlarni to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

10.3 Aksiya ishtirokchilari sertifikat qiymatiga ekvivalent pul to‘lovini talab qilishga haqli emasdir.

10.4 Ishtirokchi aksiyada qatnashishi bilan ism-sharifi, suratlari va boshqa materiallari Tashkilotchi tomonidan uning roziligi olinmay va unga hech qanday rag‘batlantirish taqdim etilmay turib reklama maqsadida qo‘llanishiga e’tirozi yo‘qligini anglatadi.

10.5 Tashkilotchi o‘z ixtiyori bilan mazkur Qoidalarga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish huquqiga egadir. Bunda Qoidalarga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida Tashkilotchi avvaldan xabar berib, tegishli o‘zgartirishlar kuchga kirishidan 2 ish kuni avval o‘z sayti www.nextmall.uz da ma’lumot beradi. Tashkilotchi sovrinlar ro‘yxatini o‘zgartirish yoki kengaytirish huquqiga egadir..

11. AKSIYA ISHTIROKCHILARINI UNING O‘TKAZILISH TARTIBI, TO‘XTATIB TURILISHI YOKI MUDDATDAN AVVAL BEKOR QILINISHIDAN XABARDOR ETSHI SHARTLARI

11.1 Ishtirokchilarni aksiya haqida xabardor qilish «Next» majmuasi hududida reklama vositalarini joylashtirish orqali amalga oshiriladi.

11.2 Aksiya haqidagi batafsil ma’lumot, shuningdek, unda ishtirok etish tafsilotlari Tashkilotchining internet manzili – www.nextmall.uz saytida berib boriladi.  Shuningdek, aksiya haqidagi to‘liq ma’lumotni (+99871) 230-75-61 telefon raqami orqali ham bilib olish mumkin.

11.3 Agar aksiya muddatdan avval to‘xtatilsa yoki uni o‘tkazish muddatlari uzaytirilsa, tegishli ma’lumot www.nextmall.uz saytida joylashtiriladi.