Новости

NEXT MAJMUASIDA «HARID UCHUN LIMON» AKSIYASI
04.10.2017
NEXT MAJMUASIDA «HARID UCHUN LIMON» AKSIYASI

Kuzning mayus kayfiyatiga qarshi eng zо‘r dori – shopping. О‘zingizni bir xursand qilish uchun dо‘st-yaqinlarni chorlab, dо‘kon aylanishingiz, eksklyuziv, о‘ziga xos uslubingizni yana bir karra ta’kidlab qо‘yadigan haridlar qilishingiz о‘z-о‘zingizga ajoyib bayram tuhfa etishingiz bilan barobar.

Buni yaxshi his etib turgan Next oilaviy majmuasi 5 oktabrdan 14 oktabrgacha “Harid uchun limon ” aksiyasi о‘tkazilishini ma’lum qiladi. Aksiyada ishtirok etib, 1 000 000 sо‘mlik 3 ta sertifikatdan birini yutib olishingiz mumkin. 

Million sо‘mlik sertifikatlar uchun yutuqli о‘yin Next oilaviy majmuasida 14 oktabr 20:00 da bо‘lib о‘tadi. Aynan shu kun (14 oktabr) da omadiga ishongan va qoidalarga e’tiborli, intizomli haridor 10:00 dan 20:00 gacha majmuaga tashrif buyurib о‘z kuponining tо‘ldirilgan qismini ajratib, uni maxsus lototronga tashlashi kerak.

Yutuqli о‘yinda qatnashish va g‘olib chiqqan taqdirda mukofotni qо‘lga kiritishning bosh sharti – sovrinlar о‘ynalayotganda bevosita bu jarayonda shaxsan ishtirok etishdir.

O‘yinda ishtiok etish Qoidasi va Shartlari bilan tanishib chiqing:

“HARID UCHCUN LIMON” AKSIASIDA

ISHTIROK ETISH QOIDASI VA SHARTLARI

1. Aksiyaning nomlanishi «Harid uchun limon»

2. AKSIYANI О‘TKAZISH JOYI

2.1 Aksiya tashkilotchisi: OOO «Mega Trade Communication» nomidan NEXT oilaviy savdo-hordiq majmuasi. Yuridik manzil: 100100, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Bobur kо‘chasi, 6. INN 300983368 (keyingi о‘rinlarda – Tashkilotchi).

2.2 Mazkur qoidalar aksiyani о‘tkazish tartibi, shartlari, joyi va muddatlarini belgilaydi. Aksiyaning о‘tkazilishi tо‘xtatib turilsa yoki muddatdan avval bekor qilinsa, Tashkilotchi mazkur о‘zgarishlar haqida oshkora ma’lum qiladi.

3. AKSIYADA ISHTIROK ETAYOTGAN DО‘KONLAR/ISHTIROKCHILARNI RО‘YXATGA OLISH MANZILLARI

3.1 Aksiya «NEXT» majmuasida joylashgan quyidagi dо‘konlarda о‘tkaziladi: Balabala, Joy, FOUR SEASONS, SML, Ati Bati,  Open, Lady Art, Make Up, Persey, RESPECT, RIO, Belle, Bebetto, Love Pink, MINI ME, MILAVITSA, For Man, Man World, STEP, D&P, Terra Pro, JUST!, RENZO RINALDI, LG, La Passion, BAGOZZA, Forever21, Vicco, AVVA, Climber, Li-Ning, Fashion Look, Anaki, Flubber, Phardi, Losssidi, Ricco Cizzano, Europa, Luxury , Basconi, Selfie. Korall.

Aksiya ishtirokchilarini rо‘yxatga olish har kuni (aksiyani о‘tkazish  davrida) 10:00 dan 22:00 gacha «NEXT» majmuasi 1-qavatidagi maxsus bо‘linmada faoliyat kо‘rsatayotgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

4. AKSIYANI О‘TKAZISH MUDDATLARI

4.1 Aksiya 2017 yil 5 oktabrdan 14 oktabrgacha о‘tkaziladi. Sovrindorlarni aniqlash bо‘yicha yutuqli о‘yin 2017 yil 14 oktabr kuni 20:00 da о‘tkaziladi.

 5.AKSIYADA ISHTIROK ETUVCHI MAHSULOT

 5.1 Aksiyada yuqorida kо‘rsatilgan dо‘konlarda taklif qilinayotgan barcha mahsulot va tovarlar qatnashtiriladi (3.1-bandga qarang).

 6.AKSIYA ISHTIROKCHILARI

6.1 Aksiyada 18 yoshga tо‘lgan О‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Aksiya  tashkilotchilari, shuningdek, «Next» savdo-hordiq majmuasidagi barcha savdo shahobchalari xodimlari bundan mustasnodir. 18-yoshga tо‘lmagan shaxslarga yutuqlar topshirilmaydi. 

6.2 Aksiyada qatnashish ishtirokchilarning mazkur qoidalarga tо‘liq roziligini anglatadi.

6.3 Aksiyada qatnashish va yutuqni qо‘lga kiritish istagida bо‘lgan shaxslar, unda ishtirok etish uchun talab qilinadigan barcha harakatlarni mazkur Qoidalar bilan belgilangan tartibda, joy va vaqtda amalga oshirishga majbur.

6.4 Ishtirokchilar tomonidan mazkur Qoidalarga rioya etilmagan taqdirda yutuq berilmaydi. Tashkilotchi yoki uning vakillari tomonidan yutuqning о‘rniga teng qiymatdagi pul mukofoti tо‘lanmaydi, mukofot qaytarib olinmaydi va almashtirib berilmaydi.

6.5 Yutuqni qо‘lga kiritish uchun aksiya davomida ishtirokchi mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga mos harakatlarni amalga oshirishi kerak. Aksiyani о‘tkazish shartlariga rioya etmaslik unda ishtirok etishdan va yutuqdan voz kechishni anglatadi.

6.6 Aksiyani о‘tkazish tо‘xtatib turilishi yoki uning avvaldan tugatilishi Tashkilotchini yoki uning vakillarini muddatlarga qadar yutib olingan sovrinni taqdim etish majburiyatidan ozod etmaydi.

6.7 Tashkilotchi mazkur Qoidalarda belgilangan joy, tartib va muddatlarda shartnoma tuzgan Ishtirokchilar uchun aksiyani о‘tkazishga, shu jumladan, ularga yutuqni taqdim etish yoki topshirish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish majburiyati oladi.

 7.AKSIYA ISHTIROKCHISI BО‘LISH UCHUN QUYIDAGILARNI AMALGA OSHIRISH ZARUR:

7.1 Aksiya ishtirokchisi bо‘lgan dо‘konlar (3.1-bandga qarang) da kamida 100 000 ga teng qiymatdagi haridni amalga oshirish.

7.2 Aksiyani о‘tkazish muddatida (5 oktabrdan 14 oktabr 20:00 gacha) о‘zining haridini Next majmuasi 1-qavatidagi maxsus bо‘linmada faoliyat kо‘rsatuvchi xodimlarda rо‘yxatga oldirish (dо‘konda berilgan harid chekini taqdim etish, о‘zi haqidagi tegishli ma’lumotlar – F.I.SH., telefon raqamini yozib qoldirish).

7.3 Rо‘yxatga oluvchi xodimlardan kupon qabul qilib, uni 14 oktabr 20:00 gacha tо‘ldirish va maxsus bо‘linmada о‘rnatilgan lototronga tashlash.

7.4 Har bir 100 000 sо‘mlik harid cheki uchun ishtirokchiga bittadan kupon beriladi. Bir ishtirokchi cheklanmagan miqdordagi kuponlarni rо‘yxatga oldirishi mumkin. Turli dо‘konlarda amalga oshirilgan haridlar cheklarining qiymatlari о‘zaro qо‘shilmaydi.

7.5 Ishtirokchi о‘z chek va kuponini Next majmuasi xodimlari rо‘yxatga olishi uchun taqdim etadi, sо‘ngra о‘zi bilan olib ketib, yutuqli о‘yin kuni – 2017 yil 14 oktabrgacha о‘zida saqlash majburiyatin oladi.

7.6 Yutuqli о‘yin kuni «NEXT» majmuasiga tashrif buyurish talab qilinadi. Bunda ishtirokchi kuponning ikki qismi va chekni о‘zi bilan olib kelishi zarur. Kuponning yirtib olingan bir qismini 2017 yil 14 oktabr 10:00 dan 20:00 ga qadar lototronga tashlashi kerak bо‘ladi.

8. AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI

8.1 Aksiyaning sovrin jamg‘armasi aksiya Tashkilotchisi va uning sheriklari tomonidan shakllantiriladi. Aksiyada ishtirok etish uchun badal puli undirilmaydi.

8.2 Aksiyaning sovrin jamg‘armasi – har birining qiymati 1 000 000 sо‘m bо‘lgan 3 dona sertifikat. Mazkur sertifikatlar 1 oy muddat ichida (2017 yil 14 oktabrdan 14 noyabrgacha) 3.1-bandda kо‘rsatilgan «Next» majmuasidagi dо‘konlarda yutuq miqdori (1 000 000 sо‘m) ga teng hajmdagi haridlarga sarflanishi mumkin.

9. YUTUQLARNI OLISH TARTIBI VA MUDDATLARI

9.1 Yutuq egalarini aniqlash marosimi 2017 yil 14 oktabr kun 20:00 da «Next» majmuasi 1-qavatida о‘tkaziladi.

9.2 Yutuq lotoreya shaklidagi о‘ynaladi. Har bir Ishtirokchi yirtma kuponning bir qismini lotoronga tashlaydi. Xolis odam tomonidan tasoddifiy tanlov orqali 3 nafar  ishtirokchining familiya hamda ismi yozilgan kuponlar tanlanadi va aynan shu 3 kishining har biri 1 000 000 sо‘mlik sertifikatlar sovrindori sifatida qayd etiladi. Kupon xolis odam tomonidan lototrondan tanlangach, boshlovchi 3 marta g‘olib ism-familiyasini e’lon qiladi. Boshlovchi e’lon qilgan paytda g‘olib Ishtirokchi о‘zini bildirmagan taqdirda lototron navbatdagi marta aylantiriladi va boshqa sovrindor aniqlanadi.

9.3 Sovrinni qо‘lga kiritishning bosh sharti – yutuqli о‘yin jarayonida Ishtirokchining bevosita shaxsan qatnashishidir. Yutuqli о‘yin marosimida qatnashmaslik oqibatida aksiyadagi ishtirok bekor qilinadi.

 10. UMUMIY HOLATLAR

10.1 Aksiyada ishtirok etish uning barcha shartlari va о‘tkazilish tartibi bilan tanishganlik hamda ularga mutlaq rozilikni anglatadi.

10.2 Aksiya ishtirokchisi О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yutuqni qо‘lga kiritgan paytdan boshlab, unga solinadigan barcha soliqlarni tо‘lash majburiyatini о‘z zimmasiga oladi.

10.3 Aksiya ishtirokchilari sertifikat qiymatiga ekvivalent pul tо‘lovini talab qilishga haqli emasdir.

10.4 Ishtirokchi aksiyada qatnashishi bilan ism-sharifi, suratlari va boshqa materiallari Tashkilotchi tomonidan uning roziligi olinmay va unga hech qanday rag‘batlantirish taqdim etilmay turib reklama maqsadida qо‘llanishiga e’tirozi yо‘qligini anglatadi.

10.5 Tashkilotchi о‘z ixtiyori bilan mazkur Qoidalarga har qanday о‘zgartirish va qо‘shimcha kiritish huquqiga egadir. Bunda Qoidalarga kiritilayotgan о‘zgartirish va qо‘shimchalar haqida Tashkilotchi avvaldan xabar berib, tegishli о‘zgartirishlar kuchga kirishidan 2 ish kuni avval о‘z sayti www.nextmall.uz da ma’lumot beradi. Tashkilotchi sovrinlar rо‘yxatini о‘zgartirish yoki kengaytirish huquqiga egadir..

11. AKSIYA ISHTIROKCHILARINI UNING О‘TKAZILISH TARTIBI, TО‘XTATIB TURILISHI YOKI MUDDATDAN AVVAL BEKOR QILINISHIDAN XABARDOR ETSHI SHARTLARI

11.1 Ishtirokchilarni aksiya haqida xabardor qilish «Next» majmuasi hududida reklama vositalarini joylashtirish orqali amalga oshiriladi.

11.2 Aksiya haqidagi batafsil ma’lumot, shuningdek, unda ishtirok etish tafsilotlari Tashkilotchining internet manzili – www.nextmall.uz saytida berib boriladi.  Shuningdek, aksiya haqidagi tо‘liq ma’lumotni (+99871) 230-75-61 telefon raqami orqali ham bilib olish mumkin.

11.3 Agar aksiya muddatdan avval tо‘xtatilsa yoki uni о‘tkazish muddatlari uzaytirilsa, tegishli ma’lumot www.nextmall.uz saytida joylashtiriladi.